Siyosat

Sadir Japarov ham hafta so‘nggida O‘zbekistonga keladi

Published

on


15-16-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining yettinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentda amaliy tashrif bilan bo‘ladi.

Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Administratsiyasi Tashqi siyosat boshqarmasi boshlig‘i Saginbek Abdumutalip ma’lum qildi.

«Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining yettinchi maslahat uchrashuvi mintaqaviy hamkorlik istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratilgan.

Tashrif doirasida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv rejalashtirilgan», – deb ta’kidladi Saginbek Abdumutalip. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14-noyabr kuni Qozog‘iston yetakchisi Qasim-Jomart Toqayev Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Toshkent shahriga yetib keldi.    



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version