Jamiyat

Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolgan olti bola O‘zbekistonga qaytarildi

Published

on


Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Qabordin-Bolqoriya hududlarida qarovsiz qolgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bolalar ombudsmani ko‘magida tashkil etilgan repatriatsiya jarayoni davomida bolalarga Rossiyada vaqtinchalik sharoit yaratilgan.

Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 6 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi, deya xabar bermoqda bolalar ombudsmani idorasi.

Bolalar ombudsmani Rossiyadagi hamkasbiga qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni vatanga qaytarish choralari ko‘rilayotgani yuzasidan so‘rov yuborgan.

Murojaatda IIV va TIV tomonidan bolalar repatriatsiya qilingunga qadar, ularni RFdagi bolalar muassasalariga vaqtincha joylashtirishda amaliy yordam so‘ralgan. Rossiya tomonining tezkor choralari natijasida bolalar uchun munosib shart-sharoitlar ta’minlangan.

Natijada Sankt-Peterburgdan 2 nafar, Moskva shahridan 1 nafar, Moskva oblastidan 1 nafar, Tataristonning Qozon shaxridan 1 nafar, Qabordin-Bolqoriya Respublikasidan 1 nafar bola vatanga qaytarilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version