Jamiyat

Rossiyaning Oltoy o‘lkasida majburiy mehnat qilib kelgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Published

on


Ma’lum bo‘lishicha, ular bir necha oy davomida yopiq korxonada ishlab kelishgan, pasportlari esa ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan.

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi yordami bilan Rossiyaning Oltoy o‘lkasi Biysk shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan to‘rt nafar fuqaro vatanga qaytdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular bir necha oy davomida yopiq korxonada ishlab kelishgan, pasportlari esa ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan.

Bosh konsulxonaga murojaat qilinganidan so‘ng, O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi diplomatik vakolatxonasi tomonidan ularni zudlik bilan yurtga qaytarish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rildi.

Qisqa muddatda va bepul asosda ularga qaytish uchun sertifikatlar berildi, yashashi uchun xostel taqdim etildi, shuningdek, Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan «Novosibirsk–Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha eng yaqin reysga aviachiptalar xarid qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version