Iqtisodiyot

Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish  3,5 barobarga oshdi

Published

on


Joriy yilning dastlabki 4 oyida Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlariga 537 ming tonna suyultirilgan gaz eksport qildi. Shundan 231 ming tonnasi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu o‘tgan yilning mos  davriga nisbatan 3,5 barobarga ko‘p.

Foto: ITAR-TASS/Georgiy Shpikalov

2026 yil yanvar–aprel oylarida Rossiyaning umumiy suyultirilgan gaz eksporti 27 foizga o‘sib, 1,43 mln tonnaga yetdi, deya xabar berdi «Kommersant’» nashri Kept  konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga tayanib.  

Qayd etilishicha, umumiy eksportning 537 ming tonnasi Markaziy Osiyo mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yo‘nalishda o‘sish 71 foizni tashkil etgan. Xususan, 2026 yilning 4 oyida O‘zbekistonga Rossiyadan 231 ming tonna propan va butan import qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,5 barobarga ko‘p.

Shuningdek, Rossiyadan Xitoyga suyultirilgan gaz yetkazib berish 498 ming tonnagacha ko‘paygan va 2025 yilning mos davriga nisbatan 2,5 barobarga oshgan. Bu Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi tufayli dengiz orqali yetkazib berishning qisqarishi fonida narxlarning oshishi bilan bog‘lanyapti.

O‘zbekiston Statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-aprel oylarida 580 mln dollarlik gaz sotib olingan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 53,6 foizga ko‘p. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version