Jamiyat

Rossiyadan 16 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Published

on


O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi xodimlaridan iborat Ishchi guruhi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri va Leningrad viloyatida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.

Ishchi guruh a’zolari dastlab Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha chet el fuqarolariga kompleks xizmatlarni ko‘rsatuvchi Yagona ko‘p tarmoqli migratsiya markazi faoliyati bilan tanishdi. Markaz rahbariyati bilan mehnat migrantlarining Rossiya hududida qonuniy bo‘lishi uchun taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston vakillari “Agrofirma Vyborjyets” va “Kingiseppskiy mashinostroitelnyy zavod” korxonalarida ishlayotgan yurtdoshlar bilan muloqot qildi.

Suhbat davomida mehnat migrantlari bo‘lgan hamyurtlar uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida fikr almashildi. Vatandoshlarning Rossiya hududida qonuniy ishlashining afzalliklari va “Migratsiya amnistiyasi” doirasida o‘z huquqiy holatlarini legallashtirish uchun imkoniyat borligi ta’kidlandi.

Ishchi guruh Leningrad viloyatida joylashgan Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida bo‘lib, markazda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari holidan xabar oldi. Muloqot chog‘ida yurtdoshlarning muammolari tinglandi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida, 16 nafar fuqaroga oilasi bag‘riga qaytishi uchun “Vatanga qaytarish” insonparvarlik aksiyasi doirasida aviachipta olib berildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version