Jamiyat

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar Kamchatkadagi zilzila tufayli ogohlantirildi

Published

on


O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonlik fuqarolarga murojaat qilib, Rossiya Favqulodda vaziyatlar xizmatlari ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish hamda xotirjamlikni saqlashga chaqirdi.

19 sentabr kuni Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlariga yaqin Tinch okeanida 7,2 magnitudali kuchli zilzila qayd etilgan. Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vilyuchinsk shaharlarida 7 ballgacha sezilib, sunamiga oid ogohlantirish ham e’lon qilingan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko‘ra, hozircha qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumot yo‘q, favqulodda xizmatlar yuqori shay holatga keltirilgan.

Mazkur hududdagi o‘zbekistonliklarga zarur holatlarda konsullikka to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish mumkinligi eslatib o‘tildi.

Bosh konsulxona quyidagi telefon raqamlari orqali murojaatlarni qabul qiladi: +7 (423) 260-48-00, +7 (902) 078-70-07.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version