Jamiyat
Rossiyadagi o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar ogohlantirildi
2025 yil holatiga ko‘ra, Rossiyadagi xalqaro yuk tashishlarning 25 foizi o‘zbekistonlik haydovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, migratsiya qoidalariga rioya qilmaslik ko‘plab fuqarolarning Rossiya IIV tomonidan «kirishi taqiqlangan shaxslar» ro‘yxatiga kiritilishiga sabab bo‘lmoqda.
Haydovchilar quyidagi talablarga qat’iy rioya etishi zarur:
🔵 chegarada migratsion kartani to‘g‘ri to‘ldirish (maqsad: slujyebnaya yoki tranzit);
🔵 15 ish kuni ichida migratsiya ro‘yxatiga qo‘yilish;
🔵 90/365 qoidasiga amal qilish;
🔵 fors-major holatlarda rasmiy dalolatnoma rasmiylashtirish;
🔵 har bir harakat rasmiy hujjat bilan asoslangan bo‘lishi shart;
🔵 takroriy qoidabuzarliklar 3–10 yilgacha kirish taqiqini keltirib chiqaradi.
Agar xato sodir etilgan bo‘lsa, Rossiya ichki ishlar organlari (GUVM MVD RF)ga yozma murojaat yo‘llab, safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish lozim. Agar «kirishi taqiqlangan shaxslar» ro‘yxatiga tushgan bo‘linsa, apellyatsiya orqali ushbu ro‘yxatdan chiqarishni so‘rash mumkin.
Muammoli holatlarda Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasiga murojaat qiling: +7 925 045 4744. Manzil: Moskva sh., 1-y Kazachiy pereulok, 11/2