Jamiyat

Rossiyada yana bir ozarboyjonlik qamoqqa olindi

Published

on


Yekaterinburg sudi shov-shuvli qotillik ishi bo‘yicha ozarboyjon diasporasidan sakkizinchi ayblanuvchi Aziz Abasovni qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Foto: Valery Sharifulin/dpa/TASS/picture alliance

Sverdlovsk viloyatining Yekaterinburg shahri Lenin tuman sudi shov-shuvli qotillik ishi bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchi Aziz Abasovni qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Sud matbuot xizmati qaror haqida 2 iyul, chorshanba kuni xabar berdi.

«Yekaterinburgning Lenin tuman sudi tergovchining iltimosnomasini ko‘rib chiqdi va 2025 yil 19 iyulgacha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi», — deyiladi qarorda.

Abasov og‘irlashtiruvchi holatlarda qotillikka undash moddalari bo‘yicha ayblanmoqda, deb xabar berdi Sverdlovsk viloyati sudlari Telegram-kanali. Sudning ajrimi hali qonuniy kuchga kirmagan.

Avvalroq sud Akif, Ayaz, Bakir va Mazohir Safarov, shuningdek, Ahlimon Ganjiyev, Shahin Lalayev va Kamol Safarovlarni qamoqqa olish haqida qaror chiqargan edi. Ikki gumonlanuvchi, aka-uka Guseyn va Ziyaddin Safarov qo‘lga olish vaqtida vafot etdi.

28 iyun kuni Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqaviy tergov boshqarmasi matbuot xizmati Yekaterinburgda, tergovchilarga ko‘ra, 2001, 2010 va 2011 yillarda «jinoiy guruh tarkibida» buyurtma bo‘yicha qotillik va qotillikka urinishda ishtirok etganlikda gumon qilingan bir necha kishi qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Ikki gumonlanuvchi aka-uka Guseyn va Ziyaddin Safarov ushlash chog‘ida hayotdan ko‘z yumdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version