Jamiyat
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
O‘zbekistonlik erkak insult natijasida hushini yo‘qotib, yerga yiqilgan va bosh miyada jiddiy jarohat olgan.
Foto: Migratsiya agentligi
Migratsiya agentligi tomonidan Rossiyada og‘ir ahvolga tushil qolgan O‘zbekiston fuqarosining vatanga qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda agentlikning RFdagi vakolatxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025 yil iyul oyida Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasiga Moskva shahridagi «Kommunarka» ko‘p tarmoqli klinik tibbiyot markazida og‘ir ahvolda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosining yaqinlari tomonidan murojaat kelib tushgan.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro insult natijasida hushini yo‘qotib, yerga yiqilgan va bosh miyada jiddiy jarohat olgan. Shundan so‘ng unga shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, u murakkab tibbiy holatda shifoxonaga yotqizilgan.
«Murojaat vakolatxona tomonidan nazoratga olinib, fuqaroning tibbiy kuzatuv ostida O‘zbekistonga qaytarilishi ta’minlandi», – deyiladi xabarda.
Avvalroq Turkiya deportatsiya markazlarida bo‘lib turgan 50 nafar o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.