Dunyodan
Rossiyada neftni qayta ishlash hajmi rekord darajaga tushdi – Bloomberg
2026 yil iyul holatiga ko’ra, Rossiyaning o’rtacha neftni qayta ishlash quvvati kuniga 3,91 million barrelni tashkil etdi. Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, bu 2005 yil martidan beri eng past ko’rsatkichdir.
Maʼlumotlarga koʻra, bu oʻtgan iyul oyidagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 1,4 million barrelga kam.
Financial Times avvalroq Ukraina hujumi natijasida Rossiya neftni qayta ishlash quvvatining 20-40 foizini yo‘qotgan bo‘lishi mumkinligini yozgan edi.
OPEK ma’lumotlariga ko’ra, Rossiya xom neft ishlab chiqarish ham pasaygan. Iyun oyida mamlakatda xom neft qazib olish kuniga 8,928 million barrelni tashkil etdi, bu kamida 2024 yil fevralidan beri eng past ko’rsatkichdir.