Jamiyat

Rossiyada mushkul vaziyatda qolgan to‘rt ayol va ularning bolalari O‘zbekistonga olib kelindi

Published

on


O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda Rossiyaning Tomsk va Novosibirsk shaharlarida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib to‘rt nafar ayol va ularning bolalarini qaytardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vatandoshlar zarur hujjatlarini yo‘qotgan va O‘zbekistonga qaytish uchun mablag‘ topolmagan.

Bosh konsulxonasi tomonidan hamyurtlarning O‘zbekistonga qaytishlari uchun sertifikatlar rasmiylashtirildi. Migratsiya agentligi vakolatxonasining sa’y-harakatlari bilan esa ular uchun aviachipta xarid qilindi.

Ayollar va bolalar Novosibirsk-Farg‘ona aviareysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yildi.

30 iyuldan 30 avgustga qadar “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad xorijda mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini samarali hayotga qaytarishdan iborat.

Murojaat uchun: Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari va O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot yoki 12-82 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version