Jamiyat
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan 1366 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
Shuningdek, moddiy qiyinchilikka duch kelgan 323 nafar fuqaroga moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Foto: Migratsiya agentligi
Joriy yilning 30 iyuldan 30 avgustgacha O‘zbekistonda xorijiy mamlakatlarda mushkul ahvolda qolgan fuqarolarni olib kelishga qaratilgan “Vatanga qaytarish” insonparvarlik aksiyasi o‘tkazildi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida aksiya doirasida Rossiyada mushkul ahvolda qolgan 1366 nafar fuqaro qaytarildi. Shuningdek, moddiy qiyinchilikka duch kelgan 323 nafar fuqaroga moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Ushbu aksiya – davlati rahbariyatining har bir vatandoshga bo‘lgan e’tibori va g‘amxo‘rligi namunasi.