Jamiyat

Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning ish haqi undirib berildi

Published

on


O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Tyumen viloyatida mushkul ahvolda qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Diplomatik vakolatxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, fuqarolar E.O., I.D. va S.O. Bosh konsulxonaga qilgan murojaatida Tyumen viloyatidagi korxonada ishlayotgan davri uchun oylik maoshlari to‘lab berilmayotganini ma’lum qilgan va to‘lovlarni undirishda amaliy yordam so‘ragan.

Korxona rahbari bilan olib borilgan muloqotlar natijasida, haqiqatdan ham ikki nafar fuqaroning oylik maoshi to‘lanmagani va fuqarolik pasporti olib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.

Muzokaralar natijasida fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining pasportlari qaytarib berildi hamda ularning ikki oylik maoshlari to‘landi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version