Jamiyat

Rossiyada 7-qavatdan tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgan o‘zbekistonlik erkak taqdirlandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev favqulodda va murakkab vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, bolaga yordam ko‘rsatgan Xayrullo Ibodullayevni «Jasorat» medali bilan mukofotladi.

Prezident farmoni bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan favqulodda va murakkab vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan qulab tushayotgan yosh bolaga amaliy yordam ko‘rsatgan o‘zbekistonlik Xayrullo Saydullayevich Ibodullayev «Jasorat» medali bilan mukofotlandi. Farmonda uning «xalqimizga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani» e’tirof qilingan.

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik erkakning qahramonlik ko‘rsatgani 22 fevral kuni ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, 7-qavatda ochiq deraza tokchasida o‘tirib, planshet o‘ynayotgan bola sirpanib ketgan va karnizga osilib qolgan. Pastda hovli tozalayotgan 36 yoshli Xayrullo Ibodullayev buni ko‘rib, darhol yordamga shoshilgan. Bola karnizda biroz osilib turgach, pastga qulaganida Ibodullayev uni ushlab olgan. Hodisa oqibatida bola shifoxonaga yotqizilgan. Ibodullayevning qo‘llari va qovurg‘asi singan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version