Jamiyat

Rossiyada 31 o‘zbekistonlik talabaga qo‘yilgan jarima bekor qilindi

Published

on


O‘zbekiston va Rossiya ombudsmanlari hamkorligida Moskvada o‘tkazilgan sayyor qabulda ko‘tarilgan murojaatlar ijobiy hal etildi – VShEda tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talabaga nisbatan qo‘llangan ma’muriy jazo bekor qilindi.

Foto: Ombudsman axborot xizmati

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning joriy yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida har ikki davlat ombudsmanlari ishtirokida O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazilgan.

Sayyor qabul davomida Rossiyada joylashgan “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqot universitetida (VShE) tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talabaning murojaati ham qabul qilingan. Murojaatda universitet ma’muriyati tomonidan talabalarning migratsiya hisobiga turish muddatini uzaytirish qoidalari bo‘yicha vakolatli organlarga o‘z vaqtida ma’lumot berilmagani ta’kidlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli idoralar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilib, natijada talabalarga nisbatan qo‘llangan ma’muriy jazo — jarimalar bekor qilingani ma’lum qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version