Dunyodan
Rossiya Yevropa Ittifoqi rasmiylarining kirishini taqiqladi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqining sanksiyalariga javoban qator Yevropa rasmiylari va Ukraina harbiylarini qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarning mamlakatga kirishi taqiqlanganini ma’lum qildi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 20-sanksiya paketi doirasida yangi cheklovlarni joriy qilgan edi.
Boshqa narsalar qatorida, kiberxavfsizlik sohasida xizmatlar ko’rsatish butunlay taqiqlangan. Eksport cheklovlari kimyoviy moddalar, moylash materiallari va kauchuklarga ham kengaytirildi. Murmansk va Tuapse portlarida operatsiyalar cheklandi, virtual valyuta va raqamli rubl faoliyati taqiqlandi.
Shu bilan birga, Rossiyaning ayrim ommaviy axborot vositalarining eshittirishlari ham cheklandi.