Iqtisodiyot
Rossiya O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari olib kirilishiga taqiq o‘rnatmagani ma’lum qilindi
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlariga nisbatan to‘liq taqiq joriy etilgani haqidagi xabarlar asossiz bo‘lib, meva-sabzavot mahsulotlarining Rossiya bozoriga yetkazib berilishi davom etmoqda.
Rossiya tomonidan O‘zbekistondan import qilinayotgan barcha meva-sabzavot mahsulotlariga nisbatan taqiq joriy etilmagan, deb ma’lum qildi Rosselxoznadzor.
Xabar qilinishicha, O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining Rossiya bozoriga yetkazib berilishi davom etmoqda.
Rosselxoznadzor 29 may kuni O‘zbekistonning vakolatli organiga meva-sabzavot mahsulotlarini xavfsiz va uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlarni ishlab chiqish maqsadida texnik muzokaralar o‘tkazish taklifi bilan murojaat qilganligini bildirdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlariga nisbatan to‘liq taqiq joriy etilgani haqidagi xabarlar asossiz.