Dunyodan

Rossiya Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi ob’ektlari haqida ma’lumot bermoqda – WP

Published

on


Rossiya Eronga AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy ob’ektlariga hujum qilish uchun ma’lumot bergan bo’lishi mumkin.

Washington Post gazetasi ma’lumotlardan xabardor bo’lgan uchta manbaga tayanib, urush boshlanganidan beri Rossiya hukumati Tehronga AQSh harbiy ob’ektlarining koordinatalarini, jumladan, kemalar va samolyotlarning joylashuvini taqdim etganini xabar qildi.

Rasmiylardan biri bu harakatni “juda keng ko’lamli harakat” deb ta’rifladi.

Nashrning yozishicha, Rossiya Eronga nishonlarni aniqlashda qay darajada yordam berayotgani hozircha to‘liq ma’lum emas.

Ba’zi rasmiylarning ta’kidlashicha, urush boshlangan bir hafta ichida Eron armiyasining Amerika qo’shinlarini mustaqil ravishda aniqlash qobiliyati sezilarli darajada kamaydi.

“Ruslar biz Ukrainani qanday qo‘llab-quvvatlayotganimizni yaxshi bilishadi, shuning uchun ular javob zarba berish imkoniyatini mamnuniyat bilan qabul qilgan bo‘lishi mumkin”, – deydi manbalardan biri.

Rasmiyning taʼkidlashicha, Rossiya razvedka tizimi razvedka maʼlumotlarini yigʻish imkoniyatlari boʻyicha AQShnikiga mos kelmasa-da, u dunyodagi eng qudratli tizimlardan biridir.

Hozircha Rossiya va Eron bu ma’lumotga ochiq munosabat bildirmagan.

Kuzatuvchilar fikricha, bu xabarlar tasdiqlansa, bu holat Rossiyaning Yaqin Sharqdagi mojaroga bilvosita aloqadorligini anglatishi mumkin.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version