Dunyodan

Rossiya benzin eksportini taqiqlaydi

Published

on


Rossiya hukumati 1-apreldan benzin eksportini vaqtinchalik taqiqlashga qaror qildi. Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak bu borada tegishli buyruq chiqardi, Energetika vazirligi tegishli qarorni tayyorlamoqda.

Hukumat axborot agentligi xabariga koʻra, ushbu chora ichki bozorda benzin narxini barqarorlashtirish va aholini yoqilgʻi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida qabul qilingan. Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, eksport cheklovlari narxlarni keskin pasaytirmasligi va faqat o‘sishni sekinlashtirishi mumkin.

Vaziyatga tashqi omillar ham ta’sir qiladi. Xususan, Ukrainaning 25 mart kuni Leningrad viloyatidagi Ustiluga portiga hujumi eksport logistikasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim manbalarga ko’ra, bu holat neftni qayta ishlash hajmlarining qisqarishiga ham olib kelishi mumkin. Rossiya neft kompaniyalari ham xorijiy hamkorlarini fors-major holatlari ehtimoli haqida ogohlantirgan.

Jahon bozorlaridagi keskinliklar ham vaziyatni murakkablashtirmoqda. AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari va Hormuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar natijasida jahonda neft narxi oshdi. Xususan, Brent markali neftning bir barreli 100 dollardan oshib, baʼzan 126 dollarga yetdi. Hozirda uning narxi 110 dollar atrofida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version