Sport

Ronaldu termaga kerakmi? Portugaliya prezidenti javob berdi

Published

on


Portugaliya prezidenti Marselo Rebelo de Souza hujumchi Krishtianu Ronalduning milliy terma jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi.

40 yoshli sardor diskvalifikatsiya tufayli Jahon chempionati saralash bosqichining so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yubordi. Mazkur o‘yinda Portugaliya Armanistonni mag‘lub etdi (9:1) va 2026 yilgi Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

“Ronaldu uchun milliy terma jamoada har doim o‘rin bor. Bu safar uning o‘yinda bo‘lmagani achinarli. Uning o‘ziyam bu vaziyatda o‘ynay olmaganidan juda afsuslanayotgan bo‘lsa kerak”, deya Marselo Rebelo de Souzadan iqtibos keltiradi Al Nassr Zone nashri.

Krishtianu Ronaldu Irlandiyaga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. 

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version