Sport

Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib to‘rt klub safida 100 ta gol urdi

Published

on


Bugun bo‘lib o‘tgan Saudiya Superkubogida «An-Nasr» «Al-Ahli»dan mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuv Gonkongda o‘tkazildi. Asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd etildi (penaltilar seriyasi — 3:5).

«An-Nasr»dan gollarni Krishtianu Ronaldu (41-daqiqa, penaltidan) va Marselo Brozovich (82) kiritdi.

Mag‘lubiyatga qaramasdan, Ronaldu bir qator rekordlarni yangiladi.

U «An-Nasr» tarkibida o‘zining 100-golini kiritib, klub to‘purarlari orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Portugal yulduzi to‘rtta turli klub safida 100 dan ziyod gol kiritgan jahondagi ilk futbolchiga aylandi.

Krishtianu Ronalduning gollari:


«Real Madrid» — 450 ta
«Manchester Yunayted» — 145 ta
«Yuventus» — 101 ta
«An-Nasr» — 100 ta



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version