Sport

Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi bilan jahon chempionatiga boradi

Published

on


Afsonaviy hujumchi mundialda O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi o‘ynashi mumkin.

Portugaliya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qildi.

Qaydnomaga Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham kiritildi. Bu 41 yoshli futbolchi uchun faoliyatidagi oltinchi jahon chempionati bo‘ladi.

Portugaliya milliy jamoasi guruh bosqichida Kongo DR (17 iyun), O‘zbekiston (23 iyun) va Kolumbiya (27 iyun) bilan o‘ynaydi.

To‘liq qaydnoma quyidagicha:

Darvozabonlar: Diogu Koshta (“Portu”), Xose Sa (“Vulverhempton”), Rui Silva (“Sporting”), Rikardo Velu (“Genchlerbirligi”).

Himoyachilar: Nunu Mendesh (“PSJ”), Mateush Nunesh (“Manchester Siti”), Diogu Dalo (“Manchester Yunayted”), Nelson Semedu (“Fenerbahche”), Joau Kanselu (“Barselona”), Gonsalu Inasiu (“Sporting”), Renatu Veyga (“Vilyarreal”), Ruben Diash (“Manchester Siti”), Tomash Arauju (“Benfika”).

Yarimhimoyachilar: Ruben Nevesh (“Al-Hilol”), Joau Nevesh (“PSJ”), Samu Koshta (“Malyorka”), Vitinya (“PSJ”), Bruno Fernandesh (“Manchester Yunayted”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”).

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (“Al-Nasr”), Joau Felish (“Al-Nasr”), Rafael Leau (“Milan”), Fransishku Trinkan (“Sporting”), Pedro Netu (“Chelsi”), Fransishku Konsesau (“Yuventus”), Gonsalu Gedesh (“Real Sosedad”), Gonsalu Ramush (“PSJ”).

2026 yilgi jahon chempionati 48 ta milliy jamoa o‘ynaydigan birinchi musobaqa bo‘ladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version