Jamiyat

Rohat aylanmasidan uch qavatli ko‘prikkacha bo‘lgan yo‘l 1 haftaga yopiladi

Published

on


Toshkent shahridagi Ohangaron shohko‘chasi (Rohat aylanma chorrahasidan sobiq “TAPOiCh”dagi ko‘prikkacha) 25 iyundan 1 iyulgacha avtomobillar uchun yopiladi. Sabab – qurilish-ta’mirlash ishlari, deya ma’lum qildi poytaxt YHXB.

Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 25 iyun soat 24:00 dan Yashnobod tumanidagi Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Yopiladigan qism: Temur Malik – Parkent – Maxtumquli ko‘chalari aylanma harakatidan, THAY-Ohangaron shohko‘chalari aylanma harakatigacha bo‘lgan qismi.

Ishlarni bajarish muddati: 2025 yil 25 iyun soat 24:00 da 1 iyul kuniga qadar davom etadi.

Haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanib, Bektemir shohko‘chasi, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Mahtumquli ko‘chasi, va Yangi O‘zbekiston ko‘chalaridan harakatlanish tavsiya etilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version