Iqtisodiyot

Revolut mamlakat qonunlari sabab ukrainaliklar hisobraqamlarini yopadi

Published

on


Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Revolut onlayn-banki ukrainalik mijozlariga Ukraina qonunchiligi talablari tufayli ularning hisoblari yopilishi haqida xabar berdi. Bank mamlakat bozoriga faqat 2025 yil fevral oyida kirgan edi.

Foto: Beata Zawrzel/NurPhoto

Revolut onlayn-banki Ukrainadagi mijozlarini 2026 yil 22 fevraldan boshlab Ukraina qonunchiligi talablari tufayli ularning hisoblarini yopishga majbur bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda dushanba kuni, 22 dekabrda, Forbes jurnali ukrain tahririyati xabar berdi.

“Mahalliy me’yorlarga muvofiq, afsus bilan ma’lum qilamizki, endi Ukrainada yashovchi shaxslarga xizmatlarimizni taqdim eta olmaymiz”, — deb ko‘rsatilgan bank tomonidan foydalanuvchilarga yuborilgan xabarlarda.

Shu bilan birga, Revolut “g‘oyaga sodiq qolishi” va mamlakatda ishlashni davom ettirishi qayd etilgan. Bundan tashqari, 22 fevraldan keyin ham ukrainalik mijozlarda boshqa bankdagi hisobraqamiga yevroda pul o‘tkazmasi orqali mablag‘larni yechib olish imkoniyati saqlanib qoladi.

Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan Revolut onlayn-banki Ukrainada 2025 yil boshida ish boshlagan. Shundan buyon u Yevropa Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida xizmat ko‘rsatib kelgan.

Biroq mamlakatda ish boshlaganidan ikki hafta o‘tib, Ukraina Milliy banki mahalliy litsenziya olish zarurligini bildirgan. Tomonlar muzokaralar olib borgan, ammo Revolut baribir ruxsatnomani ololmagan.

Noyabr oyi boshida Yevropada yashaydigan, Revolut xizmatlaridan foydalanuvchi ayrim rossiyaliklar va belaruslar hisoblari bloklanganidan shikoyat qilgan. Rossiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, onlayn-bank gumanitar vizasi bo‘lgan RF fuqarolarining, shuningdek yashash uchun ruxsatnomasi uzaytirilmaganlarning hisoblarini muzlatgan. Hisobni qayta ochish (blokdan chiqarish) uchun Revolut amaldagi ruxsatnoma yoki YeI mamlakatlaridan biri fuqaroligini taqdim etishni talab qilgan.

Bank vakillari bu qarorni Rossiyaga nisbatan joriy etilgan Yevropa Ittifoqi cheklovlariga rioya qilish bilan izohlagan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version