Jamiyat

Retseptli dorilarni onlayn aniqlash xizmati ishga tushdi

Published

on


My.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)da “Retsept asosida va retsepsiz beriladigan dori vositalari haqida ma’lumot” xizmati orqali endilikda dori vositasining retsept bilan yoki retsepsiz sotilishini onlayn aniqlash mumkin. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, xizmatdan foydalanish uchun portaldagi tegishli sahifaga kirib, kerakli dori nomini qidiruv maydoniga kiritish kifoya. Natija dori nomi kiritilgandan so‘ng darhol, real vaqt rejimida taqdim etiladi. 

Xizmatdan foydalanish tartibi:

My.gov.uz’dagi “Retsept asosida va retsepsiz beriladigan dori vositalari haqida ma’lumot” xizmatiga kiriladi; 

dori nomi kiritiladi;

dori vositasi retseptli yoki retsepsiz ekani bo‘yicha ma’lumot ko‘rinadi. 

Xabarlarda qayd etilishicha, xizmat bepul hisoblanadi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version