Jamiyat
Retsepsiz psixotrop dori sotgan dorixona fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning To‘rtko‘l tumani bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda Q.D. MChJ dorixonasida ayrim dori vositalari shifokor retseptisiz sotilgani aniqlandi.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Ma’lum qilinishicha, dorixona provizori O‘.A. fuqaro M.X.ga “Karbamezepin” hamda “Dimedrol” (inʼeksiya uchun) nomli dori vositalarini shifokor retseptisiz sotgan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida provizor O‘.A. hisobga olish daftariga soxta ma’lumotlar kiritish orqali psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini ortiqcha chiqim qilgani ham ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.