Sport

«Real» va «PSJ» keyingi bosqichda, «Yuventus» musobaqa bilan xayrlashdi

Published

on


Yevropa Chempionlar ligasida 1/8 finalga o‘tish bosqichi javob o‘yinlari yakuniga yetdi.

«Atalanta» javob o‘yinida kambek qilib «Borussiya Dortmund»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Yuventus» esa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Galatasaroy»ga imkoniyatni boy berdi. «Real» o‘z maydonida o‘tgan o‘yinda ham «Benfika»ni yengdi, YeChLning amaldagi chempioni «PSJ» «Monako» bilan jangovar durang qayd etib, keyingi bosqichga chiqdi.

YChL. 1/8 finalga o‘tish bosqichi. Javob bahslari

Atalanta — Borussiya D 4:1 (umumiy hisob 4:3)
Gollar: Skamakka (5), Zappakosta (45), Pashalich (57), Samarjich (90+8, penalti) — Adeyemi (75).

Yuventus — Galatasaroy 3:2 (umumiy hisob 5:7)
Gollar: Lokatelli (37, pen.), Gatti (70), Makkenni (82) — Osimhen (105+2), Barish Yilmaz (119).

Real — Benfika 2:1 (umumiy hisob 3:1)
Gollar: Chuameni (16), Vinisius (80) — Silva (14).

PSJ — Monako 2:2 (umumiy hisob 5:4)
Gollar: Markinos (60), Kvaratsxeliya (66) — Akliush (45), Teze (90+1).

Kechagi va bugungi o‘yinlardan so‘ng 1/8 finalga yo‘l olgan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi:


Atletiko Madrid
Nyukasl Yunayted
Bayer Leverkuzen
Budyo-Glimt
Atalanta
PSJ
Real Madrid
Galatasaroy

Chempionlar ligasining 1/8, 1/4 va 1/2 final bosqichlari uchun qur’a tashlash marosimi 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version