Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni xavf darajasi bo‘yicha baholaydi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruvlarni yanada shaffof va manzilli tashkil etish maqsadida «xavfni tahlil etish» elektron tizimini joriy etish taklif qilinmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkorlar huquqbuzarlik sodir etish ehtimoliga qarab xavf darajalari bo‘yicha tasniflanadi.

Nizom loyihasiga muvofiq, elektron tizim raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, reklama, davlat xaridlari hamda tovar-xomashyo birjalari faoliyati sohalarida qonunchilik buzilishi xavfini baholash uchun xizmat qiladi.

Hujjatda qayd etilishicha, xavf tahlili natijalari tadbirkorga nisbatan avtomatik tarzda ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lmaydi. Shuningdek, baholash jarayonida tadbirkorlik sub’yektlaridan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlar talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tizim doirasida tadbirkorlar yuqori, o‘rta va past xavf toifalariga ajratiladi. Yuqori va o‘rta xavf guruhiga kiruvchi sub’yektlarga nisbatan avvalo profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi, shundan keyingina zarurat bo‘lsa tekshiruv tashabbus qilinishi mumkin. Past xavf toifasidagi tadbirkorlik sub’yektlarida esa tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

Loyihada tekshiruvlarning qonuniyligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida ularni «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibi ham nazarda tutilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version