Sport

Raneri Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi

Published

on


«Roma» bosh murabbiyligini yaqinda tark etgan Klaudio Raneri Italiya terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi.

«Italiya futbol federatsiyasi prezidentiga berilgan imkoniyat uchun minnatdorchilik bildiraman, bu katta sharaf. Ammo men o‘ylab ko‘rdim va «Roma»dagi yangi rolimga sodiq qolishga qaror qildim,» – deydi mavsum yakunlangach, «Roma» xo‘jayinlarining maslahatchisiga aylangan 73 yoshli Raneri.

Raneri 2024-yilning noyabrida, murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilganidan bir necha oy o‘tib, uchinchi marta «Roma» boshqaruvini qo‘lga olgandi. Natijada jamoa mavsumni beshinchi o‘rinda yakunladi.

Mutaxassis faoliyati davomida «Chelsi,» «Atletiko,» «Inter,» «Monako» va boshqa klublarda ishlagan. 2016-yilda «Lester» bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, 8-iyun kuni Italiya terma jamoasini 2023-yil yozidan buyon boshqarib kelayotgan Luchano Spalletti iste’foga chiqqandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version