Jamiyat

rahbarlar to‘y va marosimlarda ortiqcha dabdabaga yo‘l qo‘ymasligi shart

Published

on


Sirdaryo viloyatida to‘y va marosimlarda isrofgarchilikka chek qo‘yish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning ta’kidlashicha, hokimlar, mansabdorlar va mulkdorlar to‘ylarni me’yorda, kamtarona o‘tkazish borasida xalqqa o‘rnak bo‘lishi kerak.

Turdimov hozir ayrim marosimlarda hashamat va ortiqcha xarajatlar ko‘payganini ta’kidlab, to‘y — bellashuv emas, balki baxt va duoi xayr kuni ekanini eslatdi. U 1914 yilda “Oyna” jurnalida chop etilgan maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy to‘ylarda ortiqcha xarajat jamiyat uchun zarar ekanini aytganini misol keltirdi.

Hokimga ko‘ra, rahbarlar ham o‘z to‘ylari va qarindoshlarining marosimlarini kamtarona o‘tkazib, amalda o‘rnak ko‘rsatishi zarur.

— «Ko‘z-ko‘z qilish, maqtanish — kaltabinlik. Xalqqa gap bilan emas, amaliyot bilan namuna bo‘lishimiz kerak», — dedi Turdimov.





Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version