Jamiyat

Quvasoyda haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan avtomaktab xodimi ushlandi

Published

on


Avtomaktab xodimi fuqaroga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda “X.A.” NTT avtomaktabi xodimi G.U. fuqaro J.M.ga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan “V, S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version