Jamiyat

Qutqaruvchi lavozimiga ishga qabul qilishning yosh chegarasi belgilanyapti

Published

on


Tegishli qonun loyihasi bilan «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasiga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmoqda.

Unga ko‘ra, qutqaruv xizmatlariga, professional qutqaruv tuzilmalariga qutqaruvchi lavozimiga ishga qabul qilishning yosh chegarasi belgilanmoqda. 

Ya’ni, qutqaruv xizmatlariga, professional qutqaruv tuzilmalariga qutqaruvchi lavozimiga, shuningdek qutqaruvchilarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida o‘qishga umumiy o‘rta ma’lumotli, tibbiy tekshiruvda qutqaruvchilik ishiga yaroqli deb topilgan hamda kasbiy, jismoniy tayyorgarligi darajasiga va ma’naviy-ruhiy fazilatlariga ko‘ra belgilangan talablarga mos keladigan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalariga qutqaruvchi lavozimiga ishga qabul qilishda yosh chegarasi belgilanmaganligi sababli, 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ishga qabul qilinmoqda.

Bugungi kunda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida 40 yoshdan 50 yoshgacha 1 658 nafar hamda 826 nafar 50 yoshdan oshgan qutqaruvchilar ishlab kelmoqda.

Bu esa, qutqaruv ishlari samarasiz amalga oshirilishiga, yong‘inlarni bartaraf etilishida qiyinchiliklarni keltirib chiqarib, jangovar shaylikni pasayishiga olib kelmoqda. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version