Jamiyat
Qushbegidagi quvur ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi
Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri, Toshkent shahar FVB boshlig‘i yetib borgan.
Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot taqdim etildi.
Bugun, 11 sentabr kuni soat 12:40 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasida joylashgan plastmassa quvurlari ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 12:46 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:08 da qurshab olingan va soat 13:15 da o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri, Toshkent shahar FVB boshlig‘i yetib borgan.