Iqtisodiyot

Qurilish vazirligi binosini «Hamkorbank» sotib oldi

Published

on


15-may kuni «E-auksion» platformasida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosini sotish bo‘yicha takroriy auksion savdolari o‘tkazildi. Savdolarda «Hamkorbank» g‘olib deb topildi.

Bank obyekt uchun 196,6 milliard so‘m taklif qildi. Bu lotning 187,23 milliard so‘mlik boshlang‘ich narxidan qariyb 5 foizga yuqori hisoblanadi.

Savdolar 10 daqiqadan sal ortiq vaqt ichida yakunlangan. Ma’lum qilinishicha, g‘oliblikni ta’minlagan taklif auksion boshlanganidan 10 soniya o‘tib kiritilgan. Endi tomonlar o‘rtasida bitim bo‘yicha shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, sotilgan yetti qavatli ma’muriy bino Abdulla Qodiriy va Abay ko‘chalari kesishmasida, «O‘rda» dahasi yaqinida joylashgan. Obyekt – «Turonbank» ofisi hamda Toshkent shahar soliq boshqarmasi binosiga tutash hududda. Obyekt joylashgan yer uchastkasi maydoni 0,5 gektardan oshmaydi. Bino va inshootlarning umumiy maydoni esa 11,7 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Shuningdek, obyekt suv, gaz, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari bilan to‘liq ta’minlangan. Bu esa uning tijorat qiymatini oshiruvchi asosiy omillardan biri sifatida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur obyekt davlat idoralari binolarini xususiylashtirish to‘g‘risidagi hukumat qarori asosida 2025-yil noyabr oyida ilk bor savdoga qo‘yilgan edi.

2025-yil dekabr oyida o‘tkazilgan birinchi auksionda «O‘zshahar Qurilish Invest» kompaniyasi 182,47 milliard so‘mlik taklif bilan g‘olib chiqqan. Biroq keyinchalik bitim yakunlanmagani sababli obyekt takroran savdoga chiqarildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version