Jamiyat

Qurilish uchun ajratilgan maydonlar kompleks tekshiruvdan o‘tkaziladi

Published

on


«Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident farmoniga ko‘ra, maxsus komissiya Toshkent shahrida qurilish uchun ajratilgan 500 m2 va undan ortiq maydonlarda quyidagi talablar asosida kompleks tekshiruvni amalga oshiradi:


umumiy maydonining 25 foizi ko‘kalamzorlashtirilgani;
suv purkagichlar o‘rnatilgani;
kirish-chiqish yo‘laklarida avtotransportlar g‘ildiraklarini yuvish hovuzlarining barpo etilgani.
qurilish materiallari va maishiy chiqindilarni tashishda transportlarning brezent yoki PVX qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan yopilgan tarzda harakatlanishi.

Shuningdek, maydoni 1 000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lgan qurilish uchastkalarida fon monitoring stansiyalarini o‘rnatish va uni Ekologiya qo‘mitasiga integratsiya qilish qurilishni davom ettirishning eng asosiy sharti etib belgilanadi.

Shaxslar o‘zlari egalik qilib turgan yer maydoni hududidagi dov-daraxtlarni sug‘orish maqsadida ichimlik suvidan foydalanish vaqtiga qo‘yilgan cheklov (soat 00:00 dan boshlab, 05-00 gacha) bahor va yoz fasllarida bekor qilinadi. Bunda:


ichimlik suvidan boshqa maqsadlarda foydalanish bo‘yicha cheklov o‘z kuchida qoladi;
ko‘p kvartirali uylarga sug‘orish uchun suv rezervuarlarini o‘rnatish choralari ko‘riladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version