Iqtisodiyot
Qurilish ishlarining qariyb 20 foizi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri keldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida norasmiy sektor tomonidan 38 trln 200 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 6,9 foizga oshgan. Shu davrda mamlakatda bajarilgan jami qurilish ishlarida norasmiy sektorning ulushi 19,9 foizni tashkil etgan.
Qurilish ishlarining eng katta qismi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ular tomonidan 105 trln 700 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan va sohadagi ulushi 55 foizni tashkil etgan.
Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan esa 48 trln 100 mlrd so‘mlik ishlar amalga oshirilgan. Ularning umumiy qurilish ishlaridagi ulushi 25,1 foiz bo‘lgan.
Norasmiy sektordagi 38 trln 200 mlrd so‘mlik hajm esa umumiy qurilish ishlarining 19,9 foizini tashkil qilgan.