Jamiyat

Qurilish bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha iste’molchilarga jami 24,4 mlrd so‘m berildi

Published

on


Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, 2025-yil va 2026-yil yanvar-fevral oylarida ko‘p kvartirali uy-joy qurilishi bilan bog‘liq jami 2 057 ta murojaat kelib tushgan. Ularning asosiy qismi qurilish sifati, muddatlar va moliyaviy hisob-kitoblarga oid bo‘lgan.

2025-yil davomida 1 700 dan ortiq murojaatlar o‘rganilib, 708 holatda qurilish ishlari sifatsiz bajarilgani aniqlangan. Yana 693 holatda uylar shartnomada belgilangan muddatda topshirilmagan, 278 holatda esa ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq olingan.

Qo‘mita tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 2025-yil va 2026-yil boshida jami murojaatlarning 1 529 tasi ijobiy hal etildi. Natijada qariyb 24,4 mlrd so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

2026-yilning yanvar-fevral oylarida ham 350 dan ortiq murojaat kelib tushgan bo‘lib, fuqarolar asosan uylarning kechiktirilishi va sifat masalalaridan shikoyat qilgan.

Xususan, Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro Toshkent shahrida qurilayotgan uydan xonadon xarid qilish uchun qariyb 1,4 mlrd so‘m to‘lagan. Biroq quruvchi tomonidan uy o‘z vaqtida topshirilmagan va qurilish sifatsiz amalga oshirilgan.

Mazkur holat Qo‘mita tomonidan o‘rganilib, fuqaroga to‘langan mablag‘ to‘liq qaytarilishi ta’minlangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version