Jamiyat
Qumariq ko‘chasi 15 oktyabrgacha yopiq qoladigan bo‘ldi
9 sentabrda yopilgan Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Qumariq ko‘chasi 15 oktyabrgacha yopiq qoladigan bo‘ldi.
Foto: Veolia Energy Tashkent
Avvalroq Veolia Energy Tashkent ko‘cha 30 sentabrgacha yopilganini ta’kidlagandi.
2025-2026 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Qumariq ko‘chasida diametri 325 mm bo‘lgan issiqlik tarmoqlarining umumiy 1000 metr uzunlikdagi qismi almashtirilmoqda.
Ishlar davomida kargo xizmatlari, Aviatsiya xavfsizligi xizmati, aeroport xodimlari, avariya-qutqaruv xizmatlari hamda yaqin atrofdagi uylarning aholisi uchun kirish va o‘tish imkoniyati ta’minlanadi.