Jamiyat

Qozog‘istonga noqonuniy kirganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi

Published

on


O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston – Qozog‘iston – Rossiya Federatsiyasi yo‘nalishida xarakatlanayotgan o‘zbekistonliklarni qo‘shni davlat hududiga kirayotganda qonuniy yo‘llardan foydalanishlari haqida ogohlantirmoqda.

«So‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinish holatlari qayd etilgan. Qozog‘iston Respublikasi vakolatli idoralar ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar qo‘lga olingan va jinoyat kodeksining 392 va 394 moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan», – deyiladi rasmiy ogohlantiruvda.

Qaydj etilishicha, joriy yilning sentyabr oyidan Qozog‘istonda chegara buzilishi holatlari uchun qattiq jazo belgilangan bo‘lib, uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etish kiritilgan.

«Hurmatli fuqarolar, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki bunday harakatga urinish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Sizni davlat chegarasidan o‘tish tartibini qat’iy saqlashga va noqonuniy sxemalarda ishtirok etmaslikka da’vat qilamiz», – deb yozadi O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version