Dunyodan
Qozog‘istonga ekstraditsiya qilingan ukrainalik ayol, O‘zbekiston fuqarolari ham jabrlangan
Odam a’zolari savdosida gumon qilingan ukrainalik ayol Polshadan Qozog‘istonga ekstraditsiya qilindi.
2017—2018-yillarda u inson aʼzolarini sotish bilan shugʻullangan xalqaro uyushgan jinoiy guruh aʼzosi boʻlgan.
Jinoiy guruh tirik odamlarning tana aʼzolarini sotish boʻyicha 56 ta noqonuniy operatsiyani amalga oshirgan va transplantatsiya ishlari respublika (Qozogʻiston) tibbiyot muassasalarida amalga oshirilgan, deb xabar qildi Qozogʻiston Bosh prokuraturasi.
Ayol mart oyida Polshada hibsga olingan. Polsha rasmiylariga koʻra, aʼzolari ukrainalik ayollar boʻlgan jinoiy guruh tomonidan Qozogʻiston, Armaniston, Ozarbayjon, Ukraina, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Tailanddan 56 nafar fuqaro jarohatlangan va buyraklaridan ayrilgan.