Jamiyat

Qozog‘istondan O‘zbekistonga to‘rt nafar bola qaytarildi

Published

on


Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi tomonidan bolalarni oilaviy Mehribonlik uylariga joylashtirish rejalashtirilgan.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

18 oktyabr kuni Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Ijtimoiy ta’minot milliy agentligi ko‘magida Qozog‘istondan Nukus shahriga to‘rt nafar voyaga yetmaganlar qaytarildi.

Bolalar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga psixologik yordam ko‘rsatildi.

Xabar qilinishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi tomonidan bolalarni oilaviy Mehribonlik uylariga joylashtirish rejalashtirilgan.

Avvalroq Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida qarovsiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version