Dunyodan
Qozog‘istonda LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonun qabul qilindi
12 noyabr kuni Qozog‘iston parlamenti ommaviy axborot vositalari va internetda LGBT targ‘ibotini taqiqlovchi qonunni bir ovozdan qabul qildi. Hujjatni bugun, 30 dekabr kuni mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Tokayev imzoladi.
Hujjatning maqsadi “bolalar salomatligi va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi ma’lumotlardan himoya qilish”dir.
Qonunga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari, aloqa tarmoqlari va onlayn platformalarda “noan’anaviy jinsiy aloqalar yoki pedofiliyani targ‘ib qiluvchi” kontentni tarqatish taqiqlanadi.
Qoidabuzarlar milliy hisob-kitob ko‘rsatkichining 40 baravarigacha (2025-yilda taxminan 157 ming tenge yoki taxminan 3,8 million O‘zbekiston so‘mi) jarimaga tortilishi yoki takroriy holatlar bo‘lsa, 10 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash qonunlar avvalroq Rossiya, Vengriya va Gruziyada ham qabul qilingan edi.