Dunyodan

Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazilishini oshirishi mumkin

Published

on


Qozog‘iston O‘zbekistonga tashilayotgan Rossiya gazi hajmini oshirish uchun zarur imkoniyatlarga ega.

Bu haqda Qozogʻiston energetika vaziri Yerlan Akenjenov maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston hududida qo‘shimcha gaz tashishni ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Hozirda Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida qoʻshimcha yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

“Bizda shunday imkoniyat bor. Hammasi transport infratuzilmasiga bog‘liq. Qozog‘istonda buning uchun barcha shart-sharoit mavjud. Biz tranzit mamlakat sifatida gaz tashishni ta’minlashga tayyormiz”, – dedi vazir.

Akkenjenovning aytishicha, kelgusida Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini yiliga 11 milliard kub metrgacha oshirish masalasi muhokama qilinmoqda.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Rossiya hukumati Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan gaz infratuzilmasini kengaytirish va qo‘shimcha gaz yetkazib berish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotganini ma’lum qilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version