Iqtisodiyot
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
2025 yil 1 dekabr holatiga O‘zbekiston hududida Qozog‘iston kapitali ishtirokida jami 1 199 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur korxonalar sohalar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida — 21 ta;
sanoat yo‘nalishida — 129 ta;
qurilishda — 82 ta;
savdo sohasida — 492 ta;
tashish va saqlash yo‘nalishida — 33 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda — 39 ta;
axborot va aloqa sohasida — 127 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda — 13 ta;
boshqa turlarda — 263 ta korxona.
Qayd etilishicha, eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelib, undan keyin “boshqa turlar”, sanoat hamda axborot va aloqa yo‘nalishlari keladi.