Dunyodan
Qo’shma Shtatlar Yevropa davlatlarining NATOga qo’shilishiga to’sqinlik qilmoqchi
Qo’shma Shtatlar Ispaniyaning Eron urushidagi pozitsiyasi tufayli Ispaniyaning NATO a’zoligini vaqtinchalik to’xtatmoqchi.
Maʼlumotlarga koʻra, bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi tarqatgan elektron maktubda aytilgan.
Yangilikka munosabat bildirgan NATO vakillari xalqaro tashkilotning taʼsis hujjatlarida biron bir aʼzo davlatning faoliyatini toʻxtatib turish yoki majburan chiqarib yuborish koʻzda tutilmagani, faqat ayrim davlatlar oʻz ixtiyoriga koʻra alyansdan chiqishi mumkinligini aytdi.
Madrid Vashingtonning agressiv siyosatiga ochiqchasiga qarshi. Ma’lumki, joriy yilning 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi katta urush boshladi. Ispaniya o’z hududidan Eronga hujum qilish uchun foydalanishga ruxsat bermadi. Bu Ispaniya bilan savdo aloqalarini uzish bilan tahdid qilgan AQSh prezidenti Donald Trampni g’azablantirdi.
Prezident Trampning tahdidlariga qaramay, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushini qattiq tanqid qildi. Siyosatchi urushni insoniyat uchun falokat deb atadi va AQSh hukumatini 2003-yilda Iroqqa bostirib kirishi kabi o‘tmishdagi xatolarni takrorlamaslikka chaqirdi.
Yaqinda prezidentlar va bosh vazirlar prezident Trampning MAGA siyosatiga qarshi chiqish uchun Ispaniyada yig‘ilishdi. U prezident Trampning nafrat, urush va tartibsizliklarga olib keladigan siyosatini keskin qoraladi.
Prezident Tramp NATOning Eronga qarshi urushga qo‘shilmagani va Ispaniya, Fransiya va Italiya kabi davlatlar havo hududini AQSh harbiy samolyotlari uchun yopib qo‘yganidan qattiq xafa bo‘ldi.
Prezident Trampning NATOdan chiqish tahdidi harbiy alyans tarixidagi eng jiddiy inqiroz sifatida baholanmoqda.
Ma’lumki, amaldagi ma’muriyat NATO ittifoqdoshlarini Eron urushiga munosabatiga ko‘ra “yaxshi” va “yomon” toifalarga ajratuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqqan.