Dunyodan
Qo’shma Shtatlar Hormuz bo’g’ozida yangi koalitsiya tuzishni taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati kemalarning Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtishini taʼminlash uchun yangi xalqaro koalitsiya tuzishni taklif qildi. Bu haqda Wall Street Journal nashri masaladan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.
Tashabbus dengiz erkinligi qurilishi (MFC) deb ataladi. AQSh Davlat departamenti o’z elchixonalariga bu g’oyani diplomatik kanallar orqali targ’ib qilish va boshqa mamlakatlarni koalitsiyaga qo’shilishga ko’ndirishni buyurdi.
Yangi format ishtirokchilar oʻrtasida maʼlumot almashish, diplomatik saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish va sanksiyalarni qoʻllashni nazarda tutadi. Rasmiy ravishda harbiy ittifoq hisoblanmasa ham, mamlakatlarga “diplomatik va/yoki harbiy sheriklar” sifatida qatnashish imkoniyati taklif etiladi.
Hujjatda aytilishicha, MFC dengiz xavfsizligi bo’yicha mavjud harakatlarni to’ldiradi. Xususan, Buyuk Britaniya va Fransiya boshchiligidagi dengiz xavfsizligi sa’y-harakatlari bilan uyg’unlikda ishlash ko’zda tutilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyi oxiridan beri Hormuz bo‘g‘ozi Eron tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Keyinchalik Qo’shma Shtatlar ham blokadani kuchaytirib, Eron portlariga kemalarning kirishini chekladi. Bu global neft ta’minotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Ayni paytda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroquchi Pokiston orqali Vashingtonga yangi taklif yubordi. Unga ko‘ra, yadroviy muzokaralarni keyingi bosqichga qoldirish va AQSh dengiz blokadasini olib tashlash kerak.
Wall Street Journal nashriga ko’ra, Tramp ma’muriyati Eron iqtisodiyotiga bosimni kuchaytirish uchun port blokadasini davom ettirish tarafdori. Oq uy manbalariga ko’ra, bu strategiya Tehronni iqtisodiy inqirozga olib kelishi taxmin qilinmoqda.