Jamiyat
Qo‘riqlash xodimlariga ayrim qoidabuzarliklar uchun jarima yozish huquqi berilmoqda
7-aprel kuni Senat yalpi majlisida «Qo‘riqlash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqilib, senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Qonunga ko‘ra, ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti xodimlariga beriladi. Jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, noqonuniy ov qilish va daraxt kesish kabi qoidabuzarliklar shular jumlasidandir.
Qonun doirasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda bir qator sohaviy qonunlarga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun ruxsatnoma berish vakolati Ichki ishlar vazirligiga o‘tkaziladi.