Jamiyat

Qoratosh–Samarqand Darvoza ko‘chalari kesishmasida mashina yonib ketdi

Published

on


19 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Qoratosh va Samarqand Darvoza ko‘chalari kesishgan chorrahada avtomobilda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 19 dekabr kuni soat 14:06 da mazkur chorrahada avtomobil yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 14:12 da yetib borgan va yong‘in soat 14:17 da to‘liq o‘chirilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version