Jamiyat

Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

Published

on


Toshkent shahar Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

7 iyul kuni Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasida joylashgan, Islom sivilizatsiya markazi to‘g‘risida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joydagi konteynerda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Aytilgan manzilda yong‘in navbatchilikda turgan yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan zudlik bilan soat 11:32 da o‘chirildi.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Aytilgan manzilda 2 kv m maydonda konteynerda polietilen mahsuloti yonib zararlangani aniqlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version