Iqtisodiyot
Qoraqalpog‘istonda – eng arzon, Toshkent shahrida – eng qimmat
Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil noyabr uchun 1 kilogramm palov tayyorlash bo‘yicha hisoblangan qiymatlarni ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng arzon palov Qoraqalpog‘iston Respublikasida, eng qimmati esa Toshkent shahrida qayd etilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyi uchun 1 kilogramm palov tayyorlashning hisoblangan qiymati hududlar kesimida quyidagicha shakllandi (raqamlar yaxlitlangan):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 98 100 so‘m;
Andijon viloyati – 105 800 so‘m;
Buxoro viloyati – 107 500 so‘m;
Jizzax viloyati – 109 300 so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 111 100 so‘m;
Navoiy viloyati – 109 200 so‘m;
Namangan viloyati – 108 600 so‘m;
Samarqand viloyati – 112 500 so‘m;
Surxondaryo viloyati – 111 400 so‘m;
Sirdaryo viloyati – 104 100 so‘m;
Toshkent viloyati – 112 000 so‘m;
Farg‘ona viloyati – 115 200 so‘m;
Xorazm viloyati – 106 600 so‘m;
Toshkent shahri – 116 100 so‘m.
Shu tariqa, 1 kilogramm palov tayyorlash bo‘yicha eng past qiymat Qoraqalpog‘iston Respublikasida (98,1 ming so‘m), eng yuqori qiymat esa Toshkent shahrida (116,1 ming so‘m) kuzatilgan.
Statistik hisob-kitoblarda 1 kilogramm palov tayyorlash uchun quyidagi mahsulotlar to‘plami asos qilib olingan:
kungaboqar yog‘i – 0,3 l;
piyoz – 300 gr;
mol go‘shti – 700 gr;
sabzi – 1 kg;
guruch – 1 kg;
no‘xat – 100 gr;
zira – 10 gr;
osh tuzi – 20 gr.
Ushbu raqamlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bozorda sotilayotgan tayyor palovning narxini aks ettirmaydi. Ularda mahsulotlar bahosi bilan bir qatorda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar xarajatlari ham inobatga olingan.